So'ngi xabarlar:
Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar, harbiy xizmatchilar! 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni Avvalo, Siz azizlarni, sizlar orqali butun tumanimizning mard, jasur posbonlarini O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va 14 yanvar “Vatan himoyachilari” kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu qutlug‘ ayyom tom ma’nodagi umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga xos bo‘lgan vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi. Biz bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan – o‘zining muqaddas qasamyodiga sodiq qolib, xizmat burchini yerda ham, ko‘kda ham sharaf ila ado etayotgan yurtimizning zabardast o‘g‘lonlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Fursatdan foydalanib, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan qo‘rqmas va haqiqiy vatanparvar askar va ofitserlarning ota-onalariga, shuningdek, harbiy hayotning butun quvonch va tashvishlarini turmush o‘rtoqlari bilan baham ko‘rib kelayotgan mehribon va sabr toqatli rafiqalariga ulkan minnatdorlik bildiraman. Biz sizlarning timsolingizda milliy armiyamizga tog‘dek tayanch bo‘lib turgan buyuk ma’naviy kuchni ko‘ramiz. Bugungi ulug‘ ayyomda sizlarning ham Vatanimizning mudofaa qudratini oshirishda munosib hissangiz borligini yana bir bor katta mamnuniyat bilan e’tirof etamiz. Hurmatli mard va jasur Vatan himoyachilari! O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan siz, azizlarni va oila a’zolaringizni yana bir bor chin yurakdan tabriklayman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin! Bo’ston tumani hokimi Sanobar Nosirova Bo‘ston tumani hokimligi matbuot xizmati | |
Yangilikni do'stlarga ulashing!Ko'rishlar: 123 | | | |
Video lavhalar

Do’stlik mahallasi bugun yangicha qiy...
2024/Iyul/08, 07:40

Kengashning tashkiliy yig‘ilishi bo‘l...
2024/Yanvar/15, 17:01

Bo’ston tumani hokimi tumanimizdagi f...
2024/Yanvar/01, 08:47

Yangi yil arafasida yana bir maktab f...
2023/Dekabr/31, 00:24

(Auz.uz) Бўстон тумани ҳокимаси Саноб...
2023/Sentyabr/03, 20:58