Bo'ston tumani
Andijon viloyatidagi tuman. 1950 yil 5 aprelda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Shaxrixon tumaniga qo‘shib yuborilgan. 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzilgan. Bo‘z tumani shimol, shimoliy-g‘arbda viloyatning Ulug‘nor tumani, shimolda Baliqchi tumani, sharqda Shaxrixon tumani, janubiy-g‘arbda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani, janubda Oxunboboyev tumani, janubiy sharqda Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,20 ming km2. Axolisi 54 mingdan ziyod kishi. Bo‘z tumanida 1 shaxarcha (Bo‘z) va 3 ta qishloq fuqarolar yig‘ini (Mannop Jalolov, Xovos, Xoldevonbek) bor. Markazi – Bo‘z shaxarchasi. 
Tabiati: Bo‘ston tumanining yer yuzasi dengiz satxidan 500 m balanlikdagi teksilikdan iborat. Tuman xududining g‘arbiy qismida ko‘chma qum tepalari ko‘p. Tepaliklar orasidagi pastlik joylarda ba’zan botqoqliklar uchraydi. Tuman xududi 3 massivga bo‘lingan: 
1)Sharqiy Yozyovon massivi, 
2) Katta Farg‘ona kanali massivi,
3) Ulug‘nor massivi. 
Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o‘rtacha xarorati 0 darjadanminus 4 darajagacha, iyulniki 24-28 daraja. Yiliga 200-300 mm yog‘in tushadi. Vegetatsiya davri 210-220 kun. Tuman xo‘jaliklari Katta Farg‘ona kanali, Katta Andijon kanali va Shaxrixonsoydan sug‘oriladi. Yer osti suvlari yuzada (ba’zi joylarda 30-60 sm) bo‘lganidan sho‘r yerlar ko‘p, qattiq arziqlar (ganchsimon tuproqli yerlar) bor. O‘zlashtirilmagan yerlarda sho‘rlar yer betiga chiqib yotadi. Ayrim joylarda botqoqliklar vujudga kelgan. Tuproq tarkibi qumloq, yarim qumloq va qumsiz, chirindi miqdori 1,3-1,7 %. Sho‘rlanmagan joylarda 0,04-0,6 sulfat va xlorid kislota tuzlari, sho‘rlangan yerlarda esa 1-1.2 % dan 3 % gacha xar xil tuzlar bor. Yovvoyi o‘simliklardan yantoq, sho‘ra, ajriq, kurmak, g‘umay, qamish, yulg‘un va boshqalar o‘sadi. Yovvoiy xayvonlardan tulki, xar xil ilonlar, suvsar, suv xavzalarida baliqlar yashaydi.

 

BO‘STON TUMANI HOKIMLIGI
Hokimi:  

Nosirova Sanobarxon Abdinabiyevna

 
Ish vazifasi: Tuman hokimi tumanda oliy mansabdor shaxs bo‘lib, ayni bir vaqtda hududda vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. O‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi. Shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to’grisida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimi qarorlari bilan belgilangan vakolatlar doirasida ijroiya hokimiyati faoliyatini tashkil etadi. 

Telefonlar: 0 (374) 333-16-43 Faks: 0 (374) 333-11-42
Manzil: 170400, Bo‘z tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 52 uy
Ish kun vaqti va tartibi: 09:00-18:00 // Obed 13:00 dan 14:00 gacha

EXAT: boz.t.@exat.uz//  E-mail: boz@andijan.uz

Murojaatlar uchun: 0 (374) 333-11-42 

ISHONCH TЕLЕFONI: 0 (374) 333-11-64
 
Saytga baho bering!
Ovoz berildi: 24