Tuman hokimligida haftaning har kunida tuman hokimi o‘rinbosarlari va shanba kuni tuman hokimining qabul soatlari belgilangan. 

Haftaning dushanba kunida tuman hokimining qurilish  masalalari bo‘yicha o‘rinbosari soat  09:00 dan – 14:00 gacha fuqarolarni qabul qilib boradi. Barcha turdagi masalalar rasman qayd etib olinadi yoki imkoniyatlar doirasida joyning o‘zida yechim sari yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, ma’lum qilib o‘tish joizki tuman rahbari shanba kuni o‘ziga bildirilgan fuqarolar murojaatlari ustida hafta davomida ish yuritib boradi. Barcha kunlarda tuman rahbari faoliyatiga doir aniq belgilangan rejalar mavjud. Mazkur rejalar hududlarda va mahallalarda ish olib borishga qaratilgan. 

Bular davomida tuman hokimi MFYlar, massivlar, qishloq va shaharlarda bo‘lib, aholi bilan, yoshlar bilan va nuroniylar bilan ham uchrashib fuqarolar murojaatlarini tinglaydi va masalalarga o‘z joyida quloq tutadi. Bu esa, kutilmagan vaqtda hokimlik binosida shaxsan qabul o‘tkazish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.

Shu sababli, hurmatli fuqarolardan shanbadan tashqari kunlarda tuman rahbari qabuliga kirishni shaxsiy rejasiga kiritmasligini so‘rab qolamiz. Haftaning shanba kunida esa, doimiy ravishda hokimlik binosida tuman hokimi qabuli o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.

Qolgan barcha kunlarda hokim o‘rinbosarlari har qanday masalalardagi murojaatlarni tinglashga va qabul qilishga, tezkor va dolzarb shakldagi masalani esa, belgilangan tartibida tuman hokimiga yetkazishga hamda o‘z vaqtida xabardor etishga tayyor.

Murojaatlar uchun:

8 (374) 333-11-42 

ISHONCH TЕLЕFONI:

8 (374) 333-18-21
Saytga baho bering!
Ovoz berildi: 23